Farg‘ona viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik
bosh boshqarmasi to‘g‘risida
NIZOMI. Umumiy qoidalar
1.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli, “Bandlik sohasida
davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati
samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil
24-maydagi PF-5052-son Farmonlari va “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3001–son qarori,
“Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat
huquqlarini himoya qilish hamda mehnatini muhofaza qilish tizimini
mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-avgustdagi
PQ-3913-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 31-dekabrdagi
1066-son qarori asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati
Bandlik bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda – Bosh boshqarma deb
ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining
tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
2.
Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligining buyruqlari va normativ-huquqiy
hujjatlariga, Qashqadaryo viloyati hokimligining farmoyishi, qarorlari
va normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3.
Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik deb ataladi) tashkiliy
tizimi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligiga hamda tegishliligi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligiga
bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Bosh boshqarma tizimiga quyidagilar kiradi:
Bosh boshqarma apparati;
tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari;
ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish hududiy markazlari hamda kasb-hunar kollejlari kiritilishi mumkin.
5.
Bosh boshqarma o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda
davlat boshqaruvining boshqa organlari hududiy tuzilmalari, tuman
(shahar) hokimliklari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik
qiladi.
6.
Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil
balansga, banklarda hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
II. Bosh boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Bosh boshqarmaning vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklangan
vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta'minlashda
ishtirok etish;
Qashqadaryo
viloyati hokimi, tuman (shahar) hokimlari, hududiy prokuratura, ichki
ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik
qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari
(keyingi o‘rinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb
ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
aholi
bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va
bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun
hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va
nazorat olib borish;
tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish;
ishga
joylashtirish, o‘qitish va malaka oshirish, malakani baholash
xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari faoliyatini
muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
kovorking-markazlar
tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil
qilish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari
faoliyatini muvofiqlashtirish;
tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida va idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga
oshirish.
8. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Qashqadaryo
viloyati bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy va
axborot-tahliliy jihatdan ta'minlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buyruqlarining,
Qashqadaryo viloyati hokimligi qaror va farmoyishlarining va boshqa
normativ huquqiy hujjatlarning tuman (shahar) aholi bandligiga
ko‘maklashish markazlari, idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan
bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning
sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy,
moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;
tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni
muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
aholini
ishga joylashtirish sohasida xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan faoliyat
olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy nazoratni tashkil etadi va
amalga oshiradi;
aholini
ish bilan ta'minlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini olib
borish, band bo‘lmagan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy
himoya qilish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
ishga
joylashtirish, o‘qitish va malakani baholash xizmatlariga bo‘lgan
davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirish,
keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar
va band bo‘lmagan aholini o‘qitish markazlari hamda malakani baholash
markazlariga haq to‘lash bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga
ko‘maklashish markazlari xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
kovorking-markazlarni
tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish
markazlari takliflarini umumlashtiradi, shuningdek ularni saqlab
turishning moliyalashtirilishini tashkil etadi;
tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik ta'minotini tashkil etadi;
tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish
bo‘yicha ishlar monitoringini o‘tkazadi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
operativ,
tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va o‘z vakolatiga
kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qaror (buyruq)lar qabul qiladi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Bosh
boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bevosita o‘zi
tomonidan, shuningdek hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari
va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini ta'minlaydi.
III. Bosh boshqarmaning huquqlari va majburiyatlari
9. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Bosh
boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek boshqa hujjatlarni
Qashqadaryo viloyati hokimligiga belgilangan tartibda kiritish;
mehnat,
bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga
oshirish masalalarida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat
hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Bosh
boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati
organlaridan belgilangan tartibda axborot so‘rash va olish;
davlat statistika organlaridan Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarga doir zarur statistik axborotni bepul olish;
tashkilotlarda
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlari va
standartlari masalalari bo‘yicha qonunchilikka, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro konvensiyalar
qoidalari va talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirishlar o‘tkazish;
ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlarni hamda fuqaro-huquqiy
shartnomalar asosida ish bajarayotgan (xizmatlar ko‘rsatayotgan)
shaxslarni mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq ravishda
ularning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar yuzasidan belgilangan tartibda
maxsus tekshirishlarni o‘tkazish va tekshirishlarda qatnashish;
mehnat,
bandlik, mehnatni muhofaza qilish va ish beruvchining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda ma'muriy jazolar berish;
mehnatni
muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan va xodimlar sog‘lig‘i
yoki hayotiga xavf tug‘diradigan tashkilotlar faoliyatini yoki
korxonalar mablag‘laridan foydalanishni o‘z vakolatlari doirasida va
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatish;
Bosh
boshqarma va uning idoraviy bo‘ysunuvidagi tuzilmalar davlat mulkini
bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga bepul foydalanish huquqlari asosida
o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda o‘tkazish;
Bandlikka
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda
tasarruf etish hamda ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazoratni
ta'minlash ishlarini tashkil etish;
Bosh
boshqarma va uning idora bo‘ysunuvidagi tuzilmalari davlat mol-mulkini
beg‘araz foydalanish huquqi asosida bir bo‘linmadan boshqa bo‘linmaga,
o‘z tashkiliy tuzilmasi doirasida balansdan balansga belgilangan
tartibda o‘tkazish, shtat jadvallarini muvofiqlashtirish, idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlar moliya-xo‘jalik faoliyati balanslari va
hisobotlarini ko‘rib chiqish;
idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish;
idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan markazlashgan kapital
mablag‘lardan samarali foydalanish yuzasidan nazoratni ta'minlash, Bosh
boshqarma tizimidagi ob'ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish
bo‘yicha istiqbolli dasturlar ishlab chiqish hamda O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga belgilangan
tartibda takliflar kiritish;
idora
bo‘ysunuvidagi xo‘jalik tashkilotlari tuzilmasini, shtatlar sonini, shu
jumladan boshqaruv xodimlarini, mehnatga haq to‘lash fondini,
xarajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini belgilash;
Bosh
boshqarma, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va
idoraviy tashkilotlar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ular
tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularning
xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi, hajmi va shartlarini
belgilash;
binolarga
xizmat ko‘rsatish, inventar va xo‘jalik asboblarini, avtotransportni,
aloqa vositalarini, hisoblash, kompyuter va ofis texnikasini ta'minlab
turish va ulardan foydalanish, dasturiy ta'minot xarid qilish, shu
jumladan autsorsing shartlari asosida xarid qilish bo‘yicha ishlarni
bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha
tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish, shu jumladan: «Respublika
bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi» idora bo‘ysunuvidagi
davlat muassasasida ilmiy ishlar bajarish, Vazirlik vakolatiga kiradigan
masalalar bo‘yicha tadqiqotlar va so‘rovlar o‘tkazish; «Mehnat.uz»
axborot-kompyuter markazi» MChJda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash;
Qashqadaryo shahrida ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish markazida,
«Ishga marhamat» band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatish
monomarkazi» MChJda hamda ishsiz fuqarolar va band bo‘lmagan aholini
kasbga o‘qitish markazlarida o‘qitish, malaka oshirish va qayta
o‘qitish; malaka oshirish markazlarida malakani baholash; Respublika
mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslarida mehnat
organlari xodimlari malakasini oshirish; Respublika mehnat organlari
tizimi xodimlari malakasini oshirish kurslarida mehnat organlari
xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish.
ish
beruvchilar o‘rtasida ijtimoiy javobgarlikni oshirishga hamda yangi ish
o‘rinlari tashkil etish va aholini ishga joylashtirish bo‘yicha
samarali faoliyatni kengaytirishga rag‘batlantirishni kuchaytirishga
qaratilgan tanlovlarni belgilangan tartibda o‘tkazish;
mehnat,
bandlik, ishga joylashtirish va mehnatni muhofaza qilish masalalari
bo‘yicha ijtimoiy reklama mahsulotlarini buyurtirish, shuningdek ularni
davlat ommaviy axborot vositalarida, stendlarda, bannerlarda va aholi
keng tanishishi mumkin bo‘lgan boshqa usullarda bepul joylashtirish;
mehnat,
bandlik va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzgan holda qabul qilingan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining
hamda boshqa tashkilotlarning buyruqlari va boshqa hujjatlarini bekor
qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda ko‘rsatmalar kiritish;
Internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;
jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat soliq xizmati
organlarining yozma murojaatlari asosida maxsus vakolatli organlar bilan
dastlabki kelishuvsiz tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat'i nazar
tashkilotlarning bandlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini rejadan
tashqari qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish;
korrupsiya
va boshqa suiiste'molliklarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik,
xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini, uning faoliyati
samaradorligini muntazam o‘rganish, shuningdek malakaga va Inspeksiya
faoliyatining turli yo‘nalishlarida ishlash tajribasiga ega kadrlar
zaxirasini shakllantirish maqsadida xodimlar rotatsiyasini amalga
oshirish;
kam
foydalanilayotgan yoki rekonstruksiya yoxud kapital ta'mirlashni (qayta
jihozlashni) talab qiluvchi mavjud binolar, xonalarni ijaraga berish;
mehnat organlari reytingini tuzish maqsadida ular faoliyatining samaradorligini oshirish mezonlarini tasdiqlash;
o‘z
vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar,
yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil
etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
qonunlar,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarni bajarish bo‘yicha Bosh boshqarma hududiy bo‘linmalari va
uning idora bo‘ysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini belgilangan
tartibda o‘rganish va tekshirish;
Bosh
boshqarma hududiy bo‘linmalari va uning idora bo‘ysunuvidagi
tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida kengashlar o‘tkazish;
Bosh
boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan
bog‘liq bo‘lgan hamda tezkor hal etishni talab qiladigan masalalar
yuzasidan Bosh boshqarma hududiy bo‘linmalari va uning idora
bo‘ysunuvidagi tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda
topshiriqlar berish;
Bosh
boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bilan bog‘liq
masalalarga bag‘ishlangan konferensiya, forum, seminar va treninglar
o‘tkazish, shu jumladan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
mablag‘lari hisobiga o‘tkazish;
Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
10.
Bosh boshqarma Vazirlik bilan kelishgan holda davlat boshqaruvi
organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qo‘shma buyruq va boshqa
hujjatlar chiqarish huquqiga ega.
11. Bosh boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
IV. Bosh boshqarma rahbarlarining javobgarligi
12. Bandlik Bosh boshqarma boshlig‘i Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
13. Bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari:
Bandlik bosh boshqarmasi nazoratidagi tarkibiy bo‘linmalarda Boshqarmada yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
14.
Markaziy apparatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tegishli tarkibiy
bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun;
o‘z funksional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
15. Bosh boshqarmaning tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari rahbarlari:
bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
V. Bosh boshqarmaning faoliyatini tashkil etish
16.
Bosh boshqarmani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qashqadaryo
viloyati hokimi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga
tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bosh boshqarma boshlig‘i
boshqaradi.
Bosh
boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosari – ishga joylashtirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
bo‘limi boshlig‘i viloyat hokimligi bilan kelishgan holda boshqarma
boshlig‘i tavsiyanomasi asosida vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod qilinadi.
Oliy
yuridik yoki iqtisodiy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar, shuningdek oliy
ma'lumotli iqtisodiy-ijtimoiy sohada kamida 5 yillik ish staji bo‘lgan
shaxslar Bosh boshqarma boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlari lavozimida
ishlashlari mumkin.
17. Bosh boshqarma boshlig‘i:
Bosh boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Bosh
boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlarining, boshqarma apparati
xodimlarining, tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari
va bosh boshqarma tasarrufiga kiruvchi tashkilotlarning mansabdor
shaxslari vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va bosh boshqarma tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
Bosh
boshqarmaning xarajatlari smetasini va shtatlar jadvalini xodimlarning
belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi, bosh boshqarmaning byudjetidan
moliyalashtiriladigan xarajatlari va daromadlari smetasini, shtatlar
jadvallarini hisobga oladi;
tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
18. Quyidagilar:
tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlarini
lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish – tegishli tuman
(shahar)lar hokimlari va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vaziri bilan kelishgan holda Bosh boshqarma boshlig‘i
tomonidan;
tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlari
o‘rinbosarlari – ishga joylashtirish va aholini ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshliqlarini lavozimga tayinlash va
lavozimdan ozod qilish – tegishli tuman (shahar) aholi bandlikka
ko‘maklashish markazlari direktorlari tavsiyanomasi asosida Bosh
boshqarma boshlig‘i tomonidan;
Bosh
boshqarma inspeksiya, bo‘lim (sho‘ba) boshliqlarini lavozimga tayinlash
va lavozimdan ozod qilish – vazirlik bilan kelishgan holda Bosh
boshqarma boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi.
19.
Bosh boshqarma inspeksiya, bo‘lim (sho‘ba) boshliqlarini, tuman
(shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari direktorlarini
lavozimga tayinlash va ozod qilishning qonunchilikda belgilangan
tartibdagi jarayoni yakuniga yetgunga qadar ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy
bo‘linmalar faoliyatini ta'minlash maqsadida Bosh boshqarma boshlig‘i
tarkibiy bo‘linma rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchini
tayinlaydi.
20.
Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari to‘g‘risidagi
nizomlar tegishli tuman (shahar)lar hokimlari bilan kelishgan holda
tegishli ravishda Bosh boshqarmaning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
21.
Bosh boshqarma va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlarini
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mehnat organlari
tizimi xodimlarining Respublika kurslarida shartnoma asosida amalga
oshiradi.
22.
Oliy yuridik ma'lumotga ega Davlat mehnat Inspeksiyasining Davlat
mehnat inspektorlari davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati
xodimlariga tenglashtiriladi, ularga adliya organlari xodimlariga
beriladigan mansab darajalari tatbiq etiladi.
23.
Bosh boshqarmada 5 kishidan iborat – Bosh boshqarma boshlig‘i (Kengash
raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek Bosh boshqarma markaziy
tarkibiy bo‘limlari rahbar xodimlaridan iborat tarkibda, o‘z
faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq Kengash tashkil etiladi.
Kengashning shaxsiy tarkibi viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
bandlik
va mehnat munosabatlari sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni
yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqqan
holda Bosh boshqarma faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy
yo‘nalishlarini tanqidiy ko‘rib chiqish;
mehnat
va bandlikni ta'minlash borasida qonunchilikda, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Hukumat qarorlarida
belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini
ta'minlash bo‘yicha Bosh boshqarma va uning tuzilmaviy bo‘linmalari
xodimlarining shaxsiy mas'uliyatini oshirishga doir aniq choralar
ko‘rgan holda, quyi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli
ravishda eshitib borishni tashkil qilish;
aholini
ish bilan ta'minlashning hududiy dasturlari hamda qabul qilingan
Harakatlar strategiyasining 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalishlarining –
mehnat bozorini tartibga solish va ijtimoiy sohani rivojlantirish
qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini ko‘rib
borish.
ijro
intizomi darajasini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslar
murojaatlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalaridan tushayotgan murojaatlarni
o‘z vaqtida hamda sifatli ko‘rib chiqish asosida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni ta'minlash,
bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi eng zarur
muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Bosh
boshqarma nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash,
joylashtirish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini ko‘rib
chiqish.
Kengash Bosh boshqarma vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Kengash
majlislariga Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha
mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari
taklif etilishi mumkin.
Kengash
uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda
vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar
oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Kengash
qarorlari Bosh boshqarma boshlig‘ining buyruqlari bilan amalga
oshiriladi. Bosh boshqarma boshlig‘i va kengash a'zolari o‘rtasida
kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Bosh boshqarma boshlig‘i paydo
bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida vazirlikka axborot bergan holda
mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Kengash a'zolari ham o‘z
fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligiga xabar qilishlari mumkin.
Kengash faoliyati tartibi uning kengash tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
VI. Bosh boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish
24. Bosh boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
25.
Bosh boshqarma va tegishliligi bo‘yicha uning tizimidagi muassasalar
xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar,
ustamalar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
rag‘batlantirish to‘lovlaridan iborat bo‘ladi.
Belgilangan
tartibda ajratiladigan byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobiga shakllantiriladigan
mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘lari, shuningdek, mehnat organlari
xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish hamda moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘lari ish xaqi to‘lash va xodimlarni
moddiy rag‘batlantirish manbai hisoblanadi.
26.
Bosh boshqarma boshlig‘i byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan o‘z
faoliyatida samaradorlikning eng yuqori ko‘rsatkichlarini ta'minlayotgan
xodimlariga ularning lavozim maoshining bir baravari miqdorida shaxsiy
ustamalar belgilashga haqli. Shaxsiy ustamalar miqdorini belgilashda
mehnatga haq to‘lashga oid Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif
koeffitsientlari bilan bir qatorda byudjet muassasalari va tashkilotlari
xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan shaxsiy
ustamalar, shuningdek byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 40
foizlik qo‘shimcha (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsienti) lavozim
maoshi hisob-kitobiga kiritiladi.
27.
Bosh boshqarma xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
hisobidan davlat boshqaruvi organlarida ko‘p yillik mehnati uchun
quyidagi hajmlarda (rag‘batlantirish koeffitsientini hisobga olgan holda
lavozim maoshiga belgilangan koeffitsientlarda) har oyda mukofot puli
to‘lanadi: 3 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10
yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan yuqori — 0,4.