Yangiliklar
Yangiliklar
2022-09-29
Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Probatsiya boshqarmasi hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Probatsiya nazorati ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini ta'minlash maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi. Tadbirda 65 ta korxona, tashkilot va muassasa vakillari o‘zlarida mavjud 1663 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, iqtisodiyotning turli sohalariga 41 nafar fuqaro ishga joylashtirildi. 25 nafar fuqaro kasbga qayta o‘qitishga yuborildi.100 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi, o‘zini o‘zi band qilish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.
Farg'ona viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing