Yangiliklar
Yangiliklar
2022-10-14
Qo`shtepa tumani Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan "15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o'tkazildi.Mehnat yarmarkasida 20 ga yaqin korxona va tashkilotlar o'zining jami 500 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan faol ishtirok etdilar. Yarmarka doirasida iqtisodiyotning turli sohalariga 23 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi. 10 nafar fuqaro kasb-hunar o'rganish maqsadida oʼquv markazlariga yoʼnaltirildi. 30 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi, o‘zini o‘zi band qilish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.
Farg'ona viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing