Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Dang`ara tumani Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan "15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

error

2022-10-14

Dang`ara tumani Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan  "15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan "Bo'sh ish o'rinlari" mehnat yarmarkasi o'tkazildi. Mehnat yarmarkasida 30 ga yaqin korxona va tashkilotlar o'zining jami 600 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan faol ishtirok etdilar. Yarmarka doirasida iqtisodiyotning turli sohalariga 12 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi. 7 nafar fuqaro kasb-hunar o'rganish maqsadida oʼquv markazlariga yoʼnaltirildi. 20 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi, o‘zini o‘zi band qilish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha  huquqiy maslahatlar berildi.