Yangiliklar
Yangiliklar
2022-10-20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 mart kunidagi “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-149-sonli qarori 2-ilovasi 20-bandining ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 yil 20 oktyabr kuni Oltiariq tumanida xorijiy ish beruvchilar va rekruting kompaniyalar ishtirokida navbatdagi mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Mehnat yarmarkasida Tashqi mehnat migrasiyasi Agentligi Farg‘ona viloyat filiali bilan birgalikda Rossiya Federasiyasining yirik ish beruvchi kompaniyalari "Velesstroy SMU", "PSP", “MEROS GROUP”, “OKN SERVIS”, “KLIMAT-KONTROL” MCHJ vakillari bilan birgalikda bugungi kundagi mavjud ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar