Yangiliklar
Yangiliklar
2022-10-22
Farg‘ona shahrida ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda 50 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar ishtirok etishdi. Yarmarkada 10dan ortiq korxona, tashkilot va muassasa vakillari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 200 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etishdi.
Yarmarka davomida 10 nafarga yaqin yoshlar kasbga qayta o‘qitishga yo‘naltirildi. Shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalariga 12 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, mehnat qonunchiligi, kooperativlarga a’zo bo‘lish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha ham huquqiy maslahatlar berildi.
Farg'ona viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing