Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-14
Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Buvayda tumani Beglar mahalla fuqarolar yig'inida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari xamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi.
Oʼtkazilgan mexnat yarmarkasida tumandagi 5 ta korxona, tashkilot, muassasalar oʼzlarida mavjud boʼlgan 102 ta boʼsh ish oʼrinlari bilan qatnashdilar. 25 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida 4 nafar fuqarolarga ishga joylashishlari uchun yoʼllanmalar berildi. 11 nafar fuqarolarga xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, mexnat qonunchiligi xamda voyaga yetmaganlarning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ximoya qilinishini taʼminlash, noqonuniy migratsiyani oqibatlari yaʼni odam savdosi jabrdiydasiga aylanib qolishi, OIV-infektsiyasi, OITSga va boshqa turli xil yuqumli kasalliklarga chalinib qolishlari xavfi toʼgʼrisida maslaxatlar berildi.