Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-28
Bugun Rishton tumani hokimligi majlislar zalida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tashkiliy va kadrlar bo‘yicha inspektori M.Musajonov Mehnat kodeksidagi yangi o‘zgarishlar bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.
Kodeksga ko‘ra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilandi:
•mehnat huquqlari tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;
•mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;
•mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;
•mehnat huquqlari ta'minlanishi va mehnat majburiyatlari bajarilishi kafolatlangani;
•xodim huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
Mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi. Seminarda ushbu hujjatning mazkur sohadagi qator muammolarni hal qilishda, ishlagan ishiga, ish beruvchi esa kiritgan sarmoyasiga munosib tarzda e'tibor va rag‘batga ega bo‘lishida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini qayd etildi. Yakunda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari bildirildi.