Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi hududiy boshqarmalar hamda tibbiyot yo‘nalishidagi o‘quv muassasalari bilan hamkorlikda kichik tibbiyot xodimlarini Germaniya Federativ Respublikasida ish bilan ta'minlash uchun, nomzodlarni tanlab olish, o‘qitish va tashkiliy ishga yuborish" maqsadida seminar bo'lib o'tdi.

error

2022-11-29

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-noyabrdagi 29/01-2836-sonli topshirig‘i ijrosini ta'minlashda "Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi hududiy boshqarmalar hamda tibbiyot yo‘nalishidagi o‘quv muassasalari bilan hamkorlikda kichik tibbiyot xodimlarini Germaniya Federativ Respublikasida ish bilan ta'minlash uchun, nomzodlarni tanlab olish, o‘qitish va tashkiliy ishga yuborish" maqsadida Germaniya Federativ Respublikasining "GLOBOGATE Recruiting GmbH" tashkilotining O‘zbekistonga oid loyihalar bo‘yicha bosh ijrochi direktori G.Salimova va Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i S.Davlatovlar tibbiyot muassasalari bitiruvchilari hamda hamshiralar bilan Farg‘ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida uchrashuv o‘tkazildi.