Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Farg`ona shahridagi 2-sektor shtabida “Bo'sh ish o'rinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

error

2023-02-15

✅ Yarmarkada, 2-sektor hududidagi 18 ta mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi “Temir”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarida turuvchi mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar, chet eldan qaytgan mehnat migrantlari hamda jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan 150 nafardan ortiq fuqarolar taklif etildi

✅ yarmarkada 28 ta korxona va tashkilotlar 256 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

✅ Tadbir davomida, jami 30 nafar fuqarolar ishga joylashtirish uchun yo‘llanma berildi 

(3 nafar ayollar daftari, 6 nafar yoshlar daftarda turuvchi va 2 nafar jazoni ijro etish muasasasidan qaytgan fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlandi), 6 nafar fuqaro Farg‘ona shaxridagi “Ishga marxamat" monomarkaziga kasbga qayta o‘qitishga yuborildi.

Bu kabi tadbirlar viloyat bo`ylab davom ettirilmoqda.