Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bag‘dod tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda tuman Prokuraturasi tashabbusi bilan ishsiz fuqarolar, chet eldan qaytgan migrantlar hamda jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan fuqarolar bandligini ta'minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi” tashkil etildi.

error

2023-02-24

Mehnat yarmarkasida 107 ta korxona va tashkilotlar 345 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Tadbir davomida, 7 nafar fuqarolarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanma va 2 nafar ayollarga o‘qitish bo‘yicha kurslar va haq to‘lanadigan jamoat ishlariga taklif qilindi.

Shuningdek, prokuror sektorida istiqomat qiluvchi 75 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berildi. Ulardan 5 nafar ayollar tikuvchilik yo‘nalishidagi o‘quv kurslariga jalb etildi.