Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Farg`ona tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda tuman Prokuraturasi va Oila va xotin qizlar bo`limi tashabbusi bilan vaqtinchalik ish bilan band bo`lmagan yoshlar, ishsiz fuqarolar va mehnat migrantlarining bandligini ta’minlash maqsadida bo`sh ish o`rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

error

2023-02-24

Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 17 ta korxona, tashkilot va muassasalar o`zlaridagi mavjud bo`lgan 120 taga yaqin bo`sh (vakant) ish o`rinlari bilan qatnashdilar. Vaqtinchalik ish bilan  band bo`lmagan 21 nafar  fuqarolarga tumandagi korxona tashkilotlardagi mavjud bo`sh ish o`rinlariga  yo`llanmalar berildi, va shu kunni o`zida 15 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi.  10 nafar ishsiz fuqarolarga kasbga qayta o`qitish uchun Farg`ona shahar “Ishga marhamat” monomarkaziga santexnik ishlar ustasi, qandolatchi, enaga   yo`nalishlariga  yo`llanmalar berildi.