Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun Farg'ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Farg'ona viloyati Prokuraturasi hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan "Yoshlarni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy iqtisodiy muammolarni hal etishga" qaratilgan mehnat yarmarkasi va tadbir o'tkazildi.

error

2023-05-04

⚡️Mehnat yarmarkasida Fargʻona viloyat hududida joylashgan 100 ta korxona tashkilotlar oʻzlaridagi mavjud boʻlgan jami 800 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashishdi. 

⚡️Tadbirda 15 nafar fuqarolarga ishga joylashishlari uchun,136 nafar fuqarolarga haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘llanmalar berildi.

⚡️42 nafar fuqarolarga kasbga oʻqitish uchun yoʻllanma berildi.

⚡️4 nafar fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilishi asbob-uskuna sotib olishga subsidiya ajratish uchun xokim yordamchilari tomonidan tavsiyanoma berildi.