Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi masʼullari 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan nuroniy otaxonlar va munis onaxonlar xolidan xabar olishmoqda.

error

2023-05-08

Jumladan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Toshloqlik 98 yoshli Fayzullo ota Eminov xonadoniga borildi.

Otaxon samimiy suhbat davomida oʻz xotiralarini yodga olib, shukronalik, birdamlik haqida pand-nasixat qildi. Shu oʻrinda 1-guruh nogironligi boʻlgan F.Eminovga nogironlik aravachasi va bayram sovgʻalari topshirildi.