Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Mehnat yarmarkasi

error

2022-07-19

Furqat tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 avgustdagi PQ-5241-sonli Qaroriga asosan bitiruvchi yoshlar  bandligini ta'minlash maqsadida Hokim va yoshlar uchrashuvi doirasida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
      Yarmarkada 31 ta korxona, tashkilot va muassasa vakillari o‘zlarida mavjud 100 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
    Yarmarka doirasida iqtisodiyotning turli sohalariga 24 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 16 nafar fuqaro kasbga qayta o‘qitishga yuborildi. 100 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi, o‘zini o‘zi band qilish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha  huquqiy maslahatlar berildi.