Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy, o‘rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta'lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
☑️Unga ko‘ra, belgilandiki, xotin-qizlarga:
▪️tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta'lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;
▪️ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
▪️ta'lim krediti bo‘yicha foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi;
▪️ta'lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a'zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
▪️«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.