Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

📝 Ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish

error

2022-07-21

✅ Amaldagi Mehnat kodeksining 4-bobi mehnat shartnomasini bekor qilinishiga qaratilgan normalarni qamrab olgan.

▪️ Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari:

➖ taraflarning kelishuviga ko‘ra (mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin);
➖ taraflardan birining tashabbusi bilan;
muddati tugashi bilan;
➖ taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra;
➖ mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra;
➖ yangi muddatga saylanmaganligi yoxud saylanishda qatnashishni rad etganligi munosabati bilan.

◽️ Ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish:

➖ texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi;

➖ xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi;

➖ xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi;

➖ o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi;

➖ xodimda yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqining paydo bo‘lganligi

❗️Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va ta'tillarda bo‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi (korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno).