Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-27
Oltiariq tumanida "Ayollar" va "Yoshlar" daftariga kiritilgan ishsiz fuqarolar bandligini ta'minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada 15 ta korxona, tashkilot va muassasa vakillari o‘zlarida mavjud 110 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarka doirasida iqtisodiyotning turli sohalariga 22 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 80 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi, o‘zini o‘zi band qilish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.
Farg'ona viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing