Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Furqat tumanida navbatdagi mehnat yarmarkasi oʼtkazildi!

error

2022-08-03

Furqat tumanida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 avgustdagi PQ-5241-sonli Qaroriga asosan bitiruvchi yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada 12 ta korxona, tashkilot va muassasa vakillari oʼzlarida mavjud 52 ta boʼsh ish oʼrinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarka doirasida iqtisodiyotning turli sohalariga 17 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 24 nafar fuqaro kasbga qayta oʼqitishga yuborildi. 100 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi, oʼzini oʼzi band qilish, haq toʼlanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish boʼyicha huquqiy maslahatlar berildi.