Yangiliklar
Yangiliklar
2022-08-09
Quva tumanida “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-xunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta'minlash borasida sektor rahbarlari hamda hotin-qizlar faollari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Hususan “Ayollar daftari”ning uchinchi bosqichida ro‘yxatga olingan xotin qizlarning 100 nafardan ortig‘i turli yo‘nalishlarda kasb-xunarga o‘qitilib, ularning 48 nafariga tijorat banklari tomonidan jami 1 mlrd 379 mln.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.Shuningdek tikuvchilik yo‘nalishida kasb-xunarga ega xotin qizlarga “Ayollar daftari jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 70 dan ortiq tikuv mashinalari olib berildi.Albatta ushbu yo‘nalishda tumandagi tashabbuskor va tadbirkor ayollarimizning hizmatlarini alohida takidlash lozim. Ular tomonidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini tumandagi xotin-qizlarga doimiy amaliyotda o‘rgatib kelmoqdalar. Bundan tashqari Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, davlat soliq inspeksiyasi, tijorat banklari, savdo sanoat palatasi, hunarmandlar uyushmasining malakali mutaxassislari tomonidan tadbirkorlik sir asrorlari o‘rgatib kelinmoqda.