Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Rasmiy munosabat

error

2022-09-28

“Kusherbayevga murojaat” telegram kanalida Yozyovon tumanida kommunal korxona xodimlari majburan paxta terishga jalb qilinayotgani bilan bog‘liq murojaat  (https://t.me/Kusherbayevga_murojaat/933) eʼlon qilindi.

Farg‘ona viloyatida paxta terimida majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha tizimli ish tashkil etib kelinmoqda.Viloyat tumanlarida terimga, asosan, paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda fermer xo‘jaliklari ishchilari, shuningdek, muayyan mehnat bilan band bo‘lmaganlar va ko‘ngilli hasharchilar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida jalb etilmoqda. Hududlarda yig‘im-terim ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida 1380 ta paxta terim otryadlari tuzilgan. Mavsumda mehnatga layoqatli ishsiz aholini paxta terimiga mehnat shartnomasi asosida ixtiyoriy jalb qilish orqali qariyb 151 mingdan ziyod aholi bandligi taʼminlanib, ular daromadini oshirish ko‘zda tutilgan.

Yozyovon tumanida kommunal korxona xodimlari majburan paxta terishga jalb qilinayotgani bilan bog‘liq murojaatni o‘rganish bo‘yicha viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat bandlik bosh boshqarmasi masʼullaridan iborat ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh murojaatda keltirilgan holatni joyiga chiqqan holda, chuqur va xolisona o‘rganilishini tashkil etadi.

Tekshirish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.