Yangiliklar
Yangiliklar
2022-09-29
Farg‘ona viloyat Bandlik Bosh boshqarmasi tomonidan “Kusherboevga murojaat” kanaliga 28.09.2022 yil kuni “Kommunal korxona xodimlari majburan paxta terishga jalb qilinmoqda-Yozyovon” nomli murojaati o‘rganib chiqildi.
Unda Yozyovon tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan elektr tarmoqlari, suvoqava tashkiloti, obodonlashtirish boshqarmasi, yo‘l qurilish bo‘limi tashkilotlariga majburiy tarzda har kuni paxta yig‘im terimi uchun 20 tadan xodim jalb qilinayotganligi bildirilgan.
Yozyovon tuman hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Bekmirzaev o‘z tushuntirish xatida Yozyovon tumanidagi o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan kompleksga kiruvchi tashkilotlari rahbarlarigi ishchi xodimlarini paxta yig‘im terimiga jalb qilish bo‘yicha topshiriq bermaganligini bayon qilgan.
Shuningdek, Yozyovon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori O‘.Xaydarov o‘z tushuntirish xatida Yozyovon tuman hokimi o‘rinbosari D.Bekmirzaev tomonidan korxona ishchi xodimlarini paxta terimiga jalb qilish bo‘yicha topshiriq berilmaganligi, o‘zi ham xodimlariga paxta terimiga chiqish haqida topshiriq bermaganligini, korxonaning ayrim xodimlari haftaning shanba-yakshanba dam olish kunlari o‘z xohishlari bilan oilaviy daromadlarini ko‘paytirish uchun paxta terimida qatnashgan bo‘lishi mumkinligini, ularni paxta terimiga chiqqanligidan xabari bo‘lmaganligini bildirgan.
Bundan tashqari, 29.09.2022 yil kuni tumandagi “Alijonov Muhammaddiyor” va “Navro‘z” fermer xo‘jaliklaridagi paxta maydonlarida terimda ishtirok etayotgan terimchilar bilan suhbat o‘tkazildi. Ushbu paxta maydonida tumanda tashkil etilgan terim otryadi tomonidan shakllantirilgan ishsiz, band bo‘lmagan fuqarolar va fermer xo‘jaligining ishchi xodimlari tomonidan paxta terilayotganligi, ushbu maydonda korxona va tashkilotlarning xodimlari terimga jalb qilinmaganligi aniqlandi.
Yozyovon tumanidagi kommunal idora rahbarlaridan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, shu jumladan paxta yig‘im terimiga majburiy jalb qilinmasligi yuzasidan tushuntirish berilib, bu haqda kafolat xati olindi. O‘rganish davomida murojaatda keltirilgan holat o‘z tasdig‘ini topmadi