Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

AYOLLAR VA YOSHLAR IJTIMOIY HIMOYADA

error

2022-10-05

Ishsiz aholi, jumladan yoshlar va xotin-qizlarda zamonaviy kasb ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, kambag‘al va ishsiz ayollarni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash maqsadida farg'ona viloyati uchko'prik tumanida viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan "ayollar va yoshlar ijtimoiy himoyada" tadbiri va mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.Tadbirda 92 ta korxona, tashkilot va muassasa vakillari o‘zlarida mavjud 1200 ta bo‘sh ish o‘rinlari shundan sanoat zona 23 ta korxona 682 ta bosh ish o'rinlari bilan ishtirok etib, iqtisodiyotning turli sohalariga 124 nafar fuqaro ishga joylashtirildi. 60 nafar fuqaro kasbga qayta o‘qitishga yuborildi.138 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi, o‘zini o‘zi band qilish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha  huquqiy maslahatlar berildi.