Yangiliklar
Yangiliklar
2022-10-25
Farg‘ona viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi boshlig'i Saidbek Davlatov “Mirai Recruitment Agency” xususiy bandlik agentligi prezidenti Vatanabe Daysuke o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.Uchrashuvda Tashqi mehnat migrasiyasi Agentligining Farg‘ona filiali vakillari ishtirok etdi. Muloqot davrida janob Vatanabe Daysuken O‘zbekiston va Yaponiya orasidagi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, Yaponiya davlatida shartnoma asosida rasmiy ishlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun loyiha asosida Yaponiya standartlarga o'qitish, malakasini oshirish muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: “Mirai Recruitment Agency Xususiy Bandlik Agentligi” MChJ 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi sohalari, qariyalarni parvarishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bo‘yicha Yaponiyaga ishga yuboriladigan mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanib kelinmoqda.