Yangiliklar
Yangiliklar
2022-10-29
Farg‘ona Bandlik boshqarmasi, Farg‘ona shahridagi Ishga marhamat monomarkazi, O‘zbekiston nogironlar assosiasiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi hamda O‘zbekiston Karlar jamiyati Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi o‘rtasida 24.01.2022 yil kuni hamkorlik Memorandumi tuzilgan. O‘zbekiston nogironlar assosiasiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi qoshida tashkil etilgan 30ta unitar korxonalarga Bandlik boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabr kungi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20-apreldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-sonli qarorlari va yuqoridagi hamkorlik memorandumiga asosan hamda Farg‘ona viloyatida 2022 yilda nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligiga ko‘maklashish milliy dasturi ijrosi yuzasidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 822 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligi ta’minlandi.
Jumladan,
-410 nafari mavjud bo‘sh hamda kvotalangan ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi;
- 183 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi;
- 136 nafari nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilgan 67 ta ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oy davomida bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravari miqdorida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya mablag‘lari ajratish ishlari amalga oshirilmoqda.
- 89 nafar kasb-hunarga hamda tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonlikka o‘qitildi;
2022 yildan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida 4 ta yo‘nalishda 28 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ("Karlar jamiyati Farg‘ona viloyat hududiy bo‘limi"ning 12 nafar a’zolari texnika yo‘nalishi "Payvandlash ishlari ustasi" kasbiga o‘qib, monomarkaz tomonidan surdo tarjimonlik xizmatlari tashkil etildi xamda bandligini ta’minlash uchun amaliy yordam berildi) va KOICA o‘quv markazida 2 ta yo‘nalishda 16 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi (o‘qitish jarayonidagi zaruriyatdan kelib chiqib 3 nafar surdo-tarjimon ham jalb qilindi).
Shuningdek, joriy yil 7 iyul kuni O‘zbekiston nogironlar assosiasiyasi Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi bilan birgalikda imkoniyati cheklangan shaxslarga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mehnat yarmarkasi ham tashkil etilgan va yarmarka natijasida 80 ga yaqin mehnat shartnomalari tuzilishiga erishilgan. Bundan tashqari imkoniyati cheklangan shaxslarga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabining tikuvchilik, axborot texnologiyalari yo‘nalishida ta’lim olayotgan 48 nafar bitiruvchilari uchun “Ishga marhamat” monomarkazidagi o‘qitish jarayonlari bilan tanishtirish uchun ekskursiyai tashkil etildi. Hozirda Imkoniyati cheklangan shaxslarga ixtisoslashtirilgan kasb-hunarga o‘qitish markazida taxsil olayotgan 178 nafar o‘quvchilardan monomarkazda qo‘shimcha kasb egallash istagida bo‘lganlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.