Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Хotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida bandlik maydonchasi tashkil etildi.

error

2022-11-04

Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Furqat tumani "G‘allakor" mfy da Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi  tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari xamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi  va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”  o'tkazildi. Unda tumandagi 20 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 124 ga yaqin bo'sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarka davomida 74 nafar ayol va qizlar qatnashib, ulardan 11 nafar fuqarolar iqtisodiyotning turli sohalariga ishga joylashish hamda 27 nafari kasb-hunarga qayta o'qishi uchun yo'llanmalar berildi. 30 nafardan ortiq fuqaroga mehnat qonunchiligi, o‘zini o‘zi band qilish, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashish, ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha  huquqiy maslahatlar berildi.