Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-04
Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Bag‘dod tumani Amirobod mfy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari xamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi. Unda tumandagi 26 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 241 ga yaqin bo'sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarkaga 46 nafardan ziyod ish bilan band bo‘lmagan ayollar jalb qilinib, 5 nafariga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanmalar, 2 nafar mavsumiy ishlarga, 6 nafar o‘zini o‘zi band qilganlar, 15 nafariga ishga joylashtirish yo‘llanmalar berildi. Shundan 5 nafari yarmarkada buyruqlari rasmiylashtirib ishga joylashtirildi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlarida ishtirok etgan 26 nafar fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan mehnatga oid masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.