Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida bandlik maydonchasi tashkil etildi.

error

2022-11-04

Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Dang'ara tumani Abdusamad mfy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi  tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari xamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi  va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”  o'tkazildi. Unda tumandagi 15 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 318 ga yaqin bo'sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Yarmarkaga 32 nafardan ziyod ish bilan band bo‘lmagan ayollar jalb qilinib, 8 nafariga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanmalar,  3 nafariga ishga joylashtirish yo‘llanmalar berildi.  O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlarida ishtirok etgan 21 nafar fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan mehnatga oid masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.