Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-04
Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish,tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Beshariq tumani Toshariq МFY Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari xamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi.
Yarmarkada tuman tashkilotlari jumladan "YASINI QURILISH MOLLARI" MCHJ , "Fergana Spesial trans" MChJ , "LUX YAN TEX" MCHJ , "SHERWOOD DIZAYN" MCHJ, "To'qimachi " MCHJ, "Obodonlashtirish bo'limi", "Suvoqava" MCHJ hamda boshqa tashkilotlar o'zlarini 110 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdilar. Mehnat yarmarkasida jami З9 nаfаr fuqarolar ishtirok etib shundan, 9 nafari fuqarolarga korxona tashkilotlarga ishga joylashish yo'llanmalar berildi. Yarmarka davomida 21 ishsiz xotin - qizlarga qayta o'qitish bo'yicha kurslarga yo'nalish berildi qolgan fuqаrоlаr mehnat qonunchiligi hamda boshqa masalalar bo'yicha yuridik maslahatlar berildi.