Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-04
Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Farg'ona tumani Beruniy mfy da Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi. Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 12 ta korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 95 taga yaqin bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Yarmarkada ishsiz fuqarolardan 45 nafar ishtirok etdi. 15 nafa fuqaroga mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berilidi, va shu kuni o‘zida 5 nafar ayollar turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirildi, 11 nafar ayollarga “Ishga marhamat” monomarkaziga enaga, issiqxona mutaxassisi yo‘nalishi bo'yicha yo‘llanmalar berildi.
Bundan tashqari mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. 15 nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish va maslahatlar berildi.