Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Quvasoy shahrida xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida "Bandlik maydonchasi" tashkil etildi.

error

2022-11-07

Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish,tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Quvasoy shahar Bog'bon mfy da Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi  tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi  va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”  o'tkazildi. Mazkur mehnat yarmarkasida shahardagi 12 ta korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 126 taga yaqin bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. 

Yarmarkaga 41 nafardan ziyod ish bilan band bo‘lmagan ayollar jalb qilinib, 10 nafariga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanmalar,  16 nafariga ishga joylashtirish yo‘llanmalar berildi.  O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlarida ishtirok etgan 25 nafar fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan mehnatga oid masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.