Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-07
Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Uchko'prik tumani Anhorbo'yi mfy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi. Unda tumandagi 9 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 38 ga yaqin bo'sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarkaga 31 nafardan ziyod ish bilan band bo‘lmagan ayollar jalb qilinib, 5 nafariga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanmalar, 8 nafariga ishga joylashtirish yo‘llanmalar berildi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlarida ishtirok etgan 18 nafar fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan mehnatga oid masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.