Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-08
Nizomga ko‘ra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari har bir mahallada tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi. Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida bandligi taʼminlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so‘mgacha davlat granti ajratiladi.
▶️ Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:
-“Ijtimoiy himoya yagona ryestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;
-ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan;
-xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan;
-nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli ishsiz;
-norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, daromad topayotgan;
-odam savdosidan hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;
-umumiy o‘rta va professional taʼlim muassasalarini tugatgan, OTMga o‘qishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda o‘qish uchun imkoniyati bo‘lmagan ishsiz xotin-qizlar;
-muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.