Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-08
Ijtimoiy tarmoqlarda "Farg‘ona shahar "Hokim yordamchilari yana yig‘ilishga tinimsiz jalb qilinmoqda. Har kuni ertalab Zoom yig‘ilishi, kechga ish vaqtidan tashqari dam olish kuni ham yig‘ilishga. Prezident siyosatiga qarshilik emasmi bu!" sarlavhasi bilan tarqalgan xabar (https://t.me/bankirkundaligi/5809) yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Unga ko'ra, Farg'ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoq orqali "Bankir kundaligi" saytida yoritilgan mavzu bo' yicha joyiga chiqib o'rganilib quyidagilar aniqlandi. O'rganish jarayonida Farg'ona shahar xududidagi MFYlarga biriktirilgan hokim yordamchilari bilan tanlov asosida suhbatlashilganda Mahallabay ishtash va tadbirkorlikni rivojlantirish Farg'ona shahar markazi boshlig'i G'.Xaydarov tomonidan guruxga yozganlari bo'yicha soat 18-00 dan keyin hokim yordamclilarga topshiriq berilgani va xokim yordamchilari soat 18-00 dan keyin ishga va yig'ilishga jalb etilganliklari bo'yicha holatlari aniqlanmadi.