Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-09
Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish,tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Farg'ona tumani Avval mahalla fuqarolar yig'inida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi. Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 15 ta korxona, tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 75 taga yaqin bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.
Yarmarkaga 42 nafardan ziyod ish bilan band bo‘lmagan ayollar jalb qilinib, 6 nafar fuqarolarga “Ishga marhamat” monomarkaziga tikuvchlik yo‘nalishi bo'yicha,16 nafariga ishga joylashtirish uchun hamda 8 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish buyicha ko‘maklashldi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlarida ishtirok etgan 18 nafar fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan mehnatga oid masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.