Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qo‘shtepa tumanida xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida "Bandlik maydonchasi" tashkil etildi.

error

2022-11-10

Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Qo'shtepa tumani Borot mahalla fuqarolar yig'inida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi  tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi  va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”  o'tkazildi.

Mazkur tadbirda tumandagi 15 ta tadbirkorlik sub'ektlari, hunarmandlar hamda korxona-tashkilot va muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 213  ga yaqin bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari va ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan na’munalar bilan qatnashdilar. Bundan tashqari ishsiz fuqarolar uchun ish.mehnat.uz axborot tizimi orqali taqdim etilgan 1000 dan ortiq ish o‘rinlari xam havola etildi.

Mehnat yarmarkasiga 53 nafar fuqarolar jalb qilindi. Shundan mehnatga layoqatli, ishlash istagida bo‘lgan, vaqtincha band bo‘lmagan 37 nafar fuqarolarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi. Yarmarkaga jalb qilingan 16 nafar fuqarolarga markaz xodimlari tomonidan mehnat munosabatlariga oid maslahatlar berildi.