Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yozyovon tumanida xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida "Bandlik maydonchasi" tashkil etildi.

error

2022-11-10

Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadidaYozyovon tumani Gaston mahalla fuqarolar yig'inida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi  tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbasari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi  va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi. Oʼtkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 9 ta korxona, tashkilot, muassasalar va fermer xoʼjaliklari oʼzlarida mavjud boʼlgan 101 ta boʼsh ish oʼrinlari bilan qatnashdilar.     

 Mehnat yarmarkasi davomida jami 7 nafar ishsiz xotin-qizlarga ishga joylashishlari uchun yoʼllanmalar berilib, korxonalarga ishga joylashtirildi. Bundan tashqari 18 ishsiz xotin-qizlarga “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan mehnatga oid munosabatlar boʼyicha huquqiy maslahatlar berildi.