Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-16
Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Uchko'prik tumani Yangibog' mfy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi. O‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi”da tumandagi 7 ta korxona va tashkilotlari tomonidan 26 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashishdi.
Tadbirda 16 nafar ayollar qatnashdi. Qatnashgan ayollarning 1 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. 3 nafar ayollarga kasb-hunarga o’qitishga yo’llanmalar berildi. 2 nafar fuqaroga o’zini-o’zi band qilish uchun tushunchalar berildi. Yarmarka davomida 9 nafar ayollarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha yuridik maslahatlar berildi.