Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yozyovon tumanida xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida "Bandlik maydonchasi" tashkil etildi.

error

2022-11-15

Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Yozyovon tumani  Bahor mahalla fuqarolar yig'inida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi  tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi  va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”  o'tkazildi. O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 7 ta korxona, tashkilot, muassasalar va fermer xo‘jaliklari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 121 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.                 

Tadbirda 10 nafar ishsiz xotin-qizlarga  ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berilib, korxonalarga ishga joylashtirildi.Bundan tashqari 12 ishsiz xotin-qizlarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan mehnatga oid munosabatlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.