Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bag‘dod tumanida xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida "Bandlik maydonchasi" tashkil etildi.

error

2022-11-15

Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Bag‘dod tumani Bedarak mahalla fuqarolar yig'inida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi  tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbosari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi  va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi”  o'tkazildi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida “Hunarmandlar” uyushmasi, tumandagi tadbirkorlar, ayollar daftariga ro‘yxatga olingan ishsiz ayollar, mahalla fuqarolar yig‘ini masʼullari, ish beruvchi tumandagi 26 tadan ziyod budjet hamda tadbirkorlik subʼektlari o‘zlarining  162 ta ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.

  Yarmarkaga 48 nafardan ziyod ish bilan band bo‘lmagan ayollar jalb qilinib jalb qilinib, 2 nafariga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanmalar berildi, 2 nafar mavsumiy ishlarga jalb etilganlar, 3 nafar o‘zini o‘zi band qilganlar , 7 nafariga ishga joylashtirish  yo‘llanmasi berildi. Shuningdek 4 nafari yarmarkada buyruqlari rasmiylashtirib ishga joylashtirildi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlarida ishtirok etgan 37 nafar fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan mehnatga oid masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.