Yangiliklar
Yangiliklar
2022-11-15
Xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ko'maklashish, ularni bo'sh (vakant) hamda mavsumiy ish o'rinlariga ishga joylashtirish, kasb-hunarga o'qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida Oltiariq tumani Jarariq mahalla fuqarolar yig'inida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha xokim o‘rinbasari hamkorligida “Bandlik maydonchalari” tashkil etildi va “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o'tkazildi. Oʼtkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 5 ta korxona, tashkilot, muassasalar va fermer xoʼjaliklari oʼzlarida mavjud boʼlgan 160 ta boʼsh ish oʼrinlari bilan qatnashdilar.
Mehnat yarmarkasida vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan 14 nafar fuqarolar qatnashdilar.Tadbir qatnashchilariga ayniqsa ayollarga xotin-qizlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar tushuntirildi. Tumandagi Oltiariq MCHJ, Fromoda tekstil va Xamza ART tekstil xususiy korxonalari ayollar uchun yaratilgan ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi. Ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni Bandlikni boshqa yo‘nalishlari kasbga o‘qish va haq to‘lanadigan jamoat ishlari haqida ma’lumotlar berildi.