Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Aholi bandligini ta`minlash ustuvor vazifa.

error

2022-11-18

Aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Toshloq tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan tuman xududidagi “Agro Impex Valley Marketing” MCHJda mehnat yarmarkasi va uchrashuv tashkil etildi. 

     Tadbirga jalb etilgan ishsiz fuqarolarga band boʼlmagan axolini bandligini taʼminlashga qaratilgan maqsadli dasturlar ijrosi yuzasidan xamda ayollar va yoshlar hamda bitiruvchilarni hayotda va jamiyatda munosib oʼrin topishlari uchun uchrashuvlar va mehnat yarmarkalari tashkil etilayotganligi, yurtimizda oʼqish, ishlash, tadbirkorlik va biznes uchun qulay shart-sharoitlar va qonuniy imtiyozlar toʼliq kafolatlanganligi, yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, xalq farovonligi, yurt ravnaqi, tinchligi va jamiyat rivojiga munosib hissa qoʼshib, xar bir ishga kirmoqchi bo`lgan fuqarolarning kelgusi ijtimoiy taʼminoti kafolatlanishi toʼgʼrisida tushinchalar berdi. 

    Tuman Aholi bandligiga koʼmaklashish markazi va MCHJ mas’ul xodimlari yarmarka qatnashchilariga “Agro Impex Valley Marketing”MCHJdagi mavjud sharoitlar gapirib oʼtildi. Shundan soʼng yarmarka ishtirokchilarini seminar tartibida “Agro Impex Valley Marketing” Maʼsuliyati cheklangan jamiyatidagi mavjud sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida xar bitta boʼlimlarga olib kirildi va ish jarayonlari bilan tanishtirildi va oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. O’tkazilgan mehnat yarmarkasiga jalb qilingan 78 nafar fuqarolarning 29 nafari ishga kirish istagini bildirdi