Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSI TARG‘IBOTIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR DAVOM ETMOQDA.

error

2022-11-28

Seminarda  viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tashkiliy va kadrlar bo‘yicha inspektori M.Musajonov  Mehnat kodeksidagi yangi o‘zgarishlar bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi. Tadbirda Davlat mehnat huquq inspeksiyasi, Adliya bo'limi boshlig'i hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi rahbarlari ishtirok etdilar. Mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi. Seminarda ushbu hujjatning mazkur sohadagi qator muammolarni hal qilishda, ishlagan ishiga, ish beruvchi esa kiritgan sarmoyasiga munosib tarzda e'tibor va rag‘batga ega bo‘lishida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini qayd etildi.