Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ko‘rgazmali yarmarkasi” o‘tkazildi.

error

2022-12-23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogirongligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-390-sonli qarorni amalga oshirish maqsadida Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ko‘rgazmali yarmarkasi” o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati xokimligi, Farg‘ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Nogironlar assotsiatsiyasi, Nogironlar jamiyati, Ko‘zi ojizlar jamiyati hamda Kar soqovlar jamiyatlariviloyat hududiy bo‘limlari tomonidan tashkil etilgan 30 ga yaqin korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.