Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Insonga e'tibor.

error

2023-01-11

Farg‘ona viloyati Prokuraturasi tashabbusi bilan, Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi hamda Farg‘ona viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining  30-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e'lon qilingan Afvga asosan ozodlikka chiqarilgan Farg‘ona viloyatida yashovchi 9 nafar ayollarni ijtimoiy hayotga moslashtirish va ularni bandligini ta'minlash maqsadida Farg‘ona shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida qonunchilik bo‘yicha yuridik hamda psixolog tomonidan psixologik maslahatlar berildi shuningdek, ayollar sartaroshi tomonidan ularning soch turmaklari zamonaviy xolatga keltirildi va  bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.