Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yozyovon tumanida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tashabbusi bilan “Vatan taraqqiyotiga xissa qo‘shaman” shiori ostida bo‘sh ish o‘rinlari “Mexnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

error

2023-01-12

“Mexnat yarmarkasi”da Qurolli kuchlar safidan qaytgan va safarbarlik rezerviga olingan hamda tumandagi band bo‘lmagan yoshlar qatnashdilar. O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 10 ta korxona, tashkilot, muassasalar va fermer xo‘jaliklari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 135 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.Tadbirda jami 19 nafar fuqarolarga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.  Shuningdek, 7 nafar ishsiz yoshlar tumandagi  YaTT “Boltaboyeva Shaxloxon Maxmudjonova” korxonasiga milliy liboslar tikish yo‘nalishi bo‘yicha qayta kasb-xunarga o‘qitish uchun yuborildi. Bundan tashqari, 12 nafar yoshlarga mehnat qonunchiligi hamda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun bo‘yicha maslahatlar berildi.