Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qo'shtepa tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasini tashkil etildi.

error

2023-01-12

Qo'shtepa tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora tadbirlari to'g'risida" gi F-92-sonli farmoyishi  yuzasidan "Vatan taraqqiyotiga hissa qo'shaman" shiori ostida mehnat yarmarkasini tashkil etildi. Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 8 ta korxona, tashkilot va muassasalar o'zlaridagi mavjud bo'lgan bo'sh ish o'rinlari hamda tumandagi 800 ta bo'sh (vakant) hamda kvota ish o'rinlari va ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan namunalar bilan qatnashdilar. Bundan tashqari xorijiy ish beruvchilar Amur viloyatida joylashgan "PSP"kompaniyasi tomonidan mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkada 10 nafar fuqaroga iqtisodiyotning turli sohalariga yo'llanmalar berildi.25 nafar fuqaro kasb-hunarga qayta o'qitish uchun yo'llanmalar berildi.