Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Joriy yilning 3-fevral kuni Bog'dod tumanida ish bilan band bo‘lmagan ayollar, jazo muddatini o‘tab qaytgan va probatsiya ro‘yxatida turuvchi fuqarolarni bandligini ta'minlash maqsadida tuman IIB tashabbusi bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik markazi hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”si o‘tkazildi.

error

2023-02-06

 O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida “Hunarmandlar” uyushmasi, tumandagi tadbirkorlar, ishsiz ayollar, jazo muddatini o‘tab qaytgan fuqarolar probatsiya bo‘limida ro‘yxatda turuvchi ishsiz fuqarolar, mahalla fuqarolar yig‘ini mas'ullari, ish beruvchi tumandagi 35 tadan ziyod byudjet hamda tadbirkorlik sub'ektlari o‘zlarining  231 ta ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Yarmarkaga 96 nafardan ziyod ish bilan band bo‘lmagan ishsizlar jalb qilinib, 6 nafariga ishga joylashtirish  yo‘llanmasi berilib, shundan 3 nafari yarmarkada buyruqlari rasmiylashtirib ishga joylashtirildi.