Yangiliklar
Yangiliklar
2023-02-17
Mehnat yarmarkasida tuman hududida joylashgan 78 dan ziyod korxona va tashkilotlar o‘zlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari, korxona faoliyatini to‘liq yorituvchi ko‘rgazmalar hamda mavjud bo‘lgan jami 286 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkada jami 102 nafar fuqarolar ishtirok etib, shundan 62 nafarini yoshlar tashkil etdi. O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 16 nafar fuqarolarni ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi. 53 nafar fuqarolar chevarchilik va oshpazlik guruhlariga kasbga o‘qitish uchun yuborildi. Mehnat yarmarkasi davomida 11 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasi va boshqa masalalar yuzasidan kerakli maslahatlar berildi.