Yangiliklar
Yangiliklar
2023-02-21
Toshloq tumani kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamda tuman Prokuraturasi tashabbusi bilan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda tumandagi 22 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining 450 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasi davomida 128 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi natijada 33 nafar fuqarolar bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolandi.
Shuningdek, mehnat yarmarkasida tumandagi yirik korxonalardan biri hisoblangan “SMSHD TEX” MChJning ham bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Shu kuni ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga korxonada yaratib berilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.